"Nasaf"ning taqdiri AGMK jamoasiga bog‘liq (batafsil)

  • 3 yanvar, 2021, 16:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK o‘tgan mavsumdagi qo‘lga kiritgan natijalari va OFK talabi doirasida litsenziyalash majburiyatlarini to‘liq bajargani uchun yangi mavsumda OFK bayrog‘i ostidagi xalqaro musobaqada qatnashish xuquqini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Olmaliqliklar OChL saralash bosqichi orqali guruh bellashuvlariga yo‘llanma olishga harakat qiladi. Saralash doirasida dastlab, o‘tgan yilgi natijalarga ko‘ra, Iroqning ikkinchi jamoasi bo‘lgan «Al-Quva Al-Javiya» bilan safarda bellashadi. Agarda ushbu to‘siqdan o‘tish uddalansa, keyinchalik pley-off bosqichida Qatarning to‘rtinchi jamoasi bo‘lgan «Al-Garafa» bilan guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun yana mehmonda bellashadi.

AGMKning bo‘lajak raqiblari — «Al-Quva Al-Javiya» ayni paytda Iroq chempionatida 12-turdan keyin 22 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni egallab turibdi. Ehtimoliy keyingi raqib Qatarning «Al-Garafa» jamoasi esa 11-turdan so‘ng 22 ochko to‘plagan holda 2-pog‘onani band etmoqda.

Mirjalol Qosimov shogirdlari OChL guruh bosqichiga yo‘llanma olmagan taqdirda ham yangi mavsumda xalqaro musobaqada ishtirok etadi. OChL saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tilmagan taqdirda, jamoa ishtirokni OFK kubogi guruh bosqichida davom ettiradi.

Olmaliqliklar OChL guruh bosqichiga chiqadigan bo‘lsa, unda OFK kubogida yurtimizning boshqa klubi - Qarshining «Nasaf» jamoasi qatnashadi. Ya’ni, AGMK OChL saralashidan muvaffaqiyatli o‘tgandagina, qarshiliklar ham xalqaro maydonda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

OChL va OFK kubogining yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi va o‘yinlar sanasi esa keyinroq OFK tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!