"Nasaf"ning yangi transferlari Ivan Solovyov va Sharof Muhitdinov "Paxtakor" va "Navbahor"ga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin

  • 26 fevral, 2022, 09:12
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yilning 7 oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” futbol klubi va frantsiyalik futbolchi Abdelae Diakite o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Unda ko‘rsatilishicha, “Nasaf” futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.

Tecno

Yakunda futbolchi FIFAga murojaat qilgan va FIFA “Nasaf” futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lab bermagani sabab “Nasaf”ga transfer taqiqi belgilagan edi.

“Nasaf” kuni kecha ushbu futbolchi bilan qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha tinchlik bitimi imzoladi va FIFAga taqiqni olib tashlash bo‘yicha murojaat yuborildi.

Bugundan e’tiboran FIFA ushbu ish doirasida “Nasaf”dan  transfer taqiqini olib tashladi. 

Endi "ajdarlar" yangi amalga oshirgan futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Qolaversa, Ivan Solovyov, Sharof Muhitdinov va ehtimoliy yangi futbolchilar Superkubok hamda Superliganing ilk turidan boshlab maydonga tushishi mumkin. Qarshiliklar Superkubokda 27 fevral kuni mamlakat chempioni "Paxtakor" bilan bellashsa, Superliga-2022ning birinchi turida "Navbahor"ga qarshi uchrashuv kutmoqda.

Shuningdek, yaqindagina "Nasaf" klubi direktori, bosh murabbiy, futbolchilar, muxlislar va OAV bilan uchrashuvda Ro‘ziqul Berdiev jamoaga yana bir hujumchi kerakligi haqida gapirgandi. Bu kutilayotgan transferdir va u legioner bo‘lish ehtimoli bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсунов Рамазон
25/02/2022 19:48
Насаф янги уйинчи качон келади.Жавоб кутиб коламиз.Мухлислар
Хужакулов Хуршидбек
26/02/2022 09:53
Келдику