Nassurdin Imavov: "Onam Xamzat Chimaev bilan jang qilmasligim kerakligi aytdi"
Kelib chiqishi dog‘istonlik bo‘lgan frantsiyalik UFC jangchisi Nassurdin Imavov o‘rta vazn toifasi chempioni chechenistonlik Xamzat Chimaevga qarshi chempionlik jangi haqida gapirdi.
"Bu Kavkazda katta shov-shuvga sabab bo‘lishi mumkin. Onamga qo‘ng‘iroq qilib, MMA haqida hech narsa bilmasa-da, bu jang haqida so‘radim. U esa menga bu to‘anashuv bo‘lmasligi, aka-ukalar urishmasligi kerakligini aytdi. Shuning uchun bu biz uchun ancha qiyin. Lekin shu bilan birga, bizda boshqa tanlov ham yo‘q. Xamzat yaxshi yigit, Allenga qarshi bahsda menga yordam berdi. Undan minnatdorman. Biz UFC bilan gaplashdik - ular mazkur qarama-qarshilikni fevral oyida o‘tkazmoqchi ekanliklarini aytdi", - dedi Nassurdin "RMC Sport Combat"ga bergan intervyusida.
Avvalroq, Chimaev Imovovni 2026 yilgi Ramazon oyidan keyin o‘zaro jangga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgandi.

Fikrlar