
"Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvining chiptalari qanchadan sotilmoqda?
Superliga 2-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi. Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar bugundan sotuvga chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, 15, 20, 30 ming so‘mdan chipta xarid qilishlari mumkin. Chiptalar bugundan boshlab, Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingoh, “Chorsu” hududi, “Sardoba” bozori oldidagi “Megapolis” savdo majmuasi oldida sotilmoqda. Chiptalar miqdori cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Lokomotiv” o‘yini 6 mart, juma kuni soat 18:15da start oladi.
Fikrlar
NASAF muhlesi