
"Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi uchun chiptalar narxi qancha?
Ma’lumki, 14 sentyabr kuni Namanganda "Navbahor" hamda "Nasaf" o‘rtasida turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuv uchun chiptalar bugundan sotuvga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvi uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 9:00 dan boshlab, barcha kassalarda sotuvga chiqariladi. Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 20.000 so‘m etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Nasaf” o‘yini 14 sentyabr kuni soat 19:30 da start oladi.
Fikrlar