"Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvining chiptalari nega qimmat bo‘lishi ma’lum qilindi

  • 28 fevral, 2022, 13:05
  • 1
  • Futbol

3 mart sanasida Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yinga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Chiptalarning qanchadan sotilishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Bu savolga Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov "Navbahor" jamoasining taqdimot marosimida javob berdi.

"Navbahor" jamoasining taqdimot marosimi qanday o‘tdi? Arena muxlislar bilan to‘la bo‘ldi (Fotogalereya)

IMG_5740 

- Ochig‘ini aytib qo‘yay: internetda muhokamay qilmanglar - birinchi o‘yinga bilet qimmat bo‘ladi. Ilk turda sizlarni o‘ylab chiptalarni arzon chiqarsak, baribir «qo‘lda» qimmat bo‘lib ketadi. Klubga pul zarur paytda nega endi chayqovchi boyishi kerak!?

Bunday jamoani ushlab turish oson emas. Keyingi turlardan eski narxga tushiramiz. Ertaga internetda muhokama bo‘lib ketmasidan avval buni o‘zimdan eshitinglar dedim.

Yana bir bor barchaga rahmat. O‘ylaymanki, bu yil juda katta natijalarga erishamiz, - dedi viloyat homiki.

"Navbahor" - "Nasaf" bellashuvi 3 marta kuni 18:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
28/02/2022 19:12
Талаб юқори бўлса халоли бўлсин.