"Navbahor" - "Paxtakor" o‘yiniga qancha muxlis tashrif buyurganini bilasizmi?

  • 07.04.2021 20:35
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start berildi. Ilk kundan markaziy o‘yin o‘tkazildi.

Namangandagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Navbahor» amaldagi chempion «Paxtakor»ni mehmon qildi. Qizg‘in kurashlarga boy tarzda o‘tgan o‘yin mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bellashuvni 15982 nafar muxlis bevosita stadiondan tomosha qilgan. E’tirof etish lozim, «lochinlar»ning avvalgi ikki o‘yinini bugungidan ko‘proq tomoshabin o‘yingohda kuzatgandi. «Nasaf»va qarshi o‘yinda 17 752, «So‘g‘diyona» bilan bahsda 17 558 nafar inson «Markaziy»ga tashrif buyurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
08/04/2021 00:18
Асимов кайси виждон билан пенальти белгилатдинг, шунча мухлисни каргиши урушидан куркмайсизми, 88 минутда жуда бахсли холатда хисоб 1-1 булиб турганда контакт аник еки атайлаб килинган йукку, холат 50/50 хам эмас эдику, хеч булмаса мухлисларнинг хурматини жойига куйиш керак эди, нима киласила Пахтакорга минус келтириб, пахтакор узи яхши уйнаяптику, 8 минут куриб хам хакам пенальти бергиси кемадику, яна 8 минут куриб чикиб хакам 5 минут кушиб беришини умуман тушуриб булмайди, дунекараши кенгрок инсонларни варга куйсаларингиз булмайдими, бечора Навбахор канча харакат килаяпти жамоани ривожлантириш учун! Эссиз шундай футбол мухитини буздиларинг!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/04/2021 20:46
100 Foiz Penalti yuq edi. loh ham biladiki hali oyoq tegmasdan yiqilishni boshlagan keyin. unday kantaklarga berilmaydi. agar unoqa kantaklarga penalti berilsa. 16 ichiga. himoyachila. shunchaki darvoza turushi kerak ekanda.