"Navbahor" - "Surxon" uchrashuvi chiptalari sotuvda

  • 13 may, 2023, 10:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” – “Surxon” o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 9:00 dan boshlab, Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadioni kassalarida sotuvga chiqdi.

Tecno

Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil – 15.000 so‘m etib belgilangan.

Chiptalarni xarid qilishga shoshiling hamda joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan sevimli jamoamizni bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlang, aziz muxlislar!

Eslatma: “Navbahor” – “Surxon” bahsi 14 may kuni soat 19:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!