"Navbahor" "Al Ittihod"ni engishi mumkinmidi? (Tahlil)

  • 17 fevral, 2024, 16:01
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al Ittihod"ga qarshi o‘z uyida to‘p surgan "Navbahor" ham "Nasaf" singari nursiz durangga imzo chekkaniga qaramay, Namanganlik ishqibozlar bu bahs natijasini ijobiy qabul qildi. Xo‘sh, "lochinlar" uchun javob o‘yinida "non" bormi? Namangandagi bahsda Samvel Babayanning imzosi ko‘rindimi? Osiyoning eng badavlat jamoalaridan biri bilan o‘yindagi qoniqarli natija sababi nima? Bugun, OChL pley-offidagi "Navbahor"ning ilk o‘yinini tahlil qilamiz.

Tecno

fok4

Transfer oynasi chog‘ida markaziy himoya chizig‘idagi muammolar to‘liq bartaraf etilmagan edi. Qo‘shimchasiga, "Al Ittihod" bilan o‘yinni Ibrohim Yo‘ldoshev ham o‘tkazib yubordi. Natijada, mudofaa chizig‘ida "lochinlar" ixtiyorida variantlar kamayib ketdi. To‘g‘ri, jamoa bilan yig‘inlarda ishlagan bir nechta yosh yigitlar ham bor edi, ammo bunday katta bosimga ularni tashlashni Samvel Babayan istamadi. Natijada, Sayfiev-Jokich-Ivanovich-Boltaboev kvarteti yuzaga keldi. Bir qarashda, nostandart qaror, biroq murabbiy majburiy rotatsiyani uddalay oldi.

"Al Ittihod" esa, 4-3-3 sxemasiga murojaat etdi. Bahs avvalida, Namangan klubi o‘z jarima maydonchasi ichida zichroq joylashgan xolda, raqibga bo‘sh zona bermaslikka, birinchi imkon bo‘lishi bilan oldinda turgan Toma Tabatatzeni qarshi hujumga boshlashni reja qilgan edi. Jiddadan kelganlar ilk daqiqalardan agressiyani oshirgan xolda, dominant futbol o‘ynashga harakat qildi. Raqib bosh murabbiyi - "Navbahor"ning "Al Hilol"ga qarshi o‘yinini tomosha qilgani, o‘rgangani aniq. Aynan shu omil sababli "Al Ittihod" katta kuch bilan oldinga tashlangani yo‘q. Soddaroq qilib aytsak, qarshi hujum xavfini his qilib harakat qildi. Shu omil sababli jamoaning 4-5 futbolchisi bilan uyushtirgan hujumlarini "Navbahor"ning ikki qatordan iborat himoya bloki ortiqcha muammosiz zararsizlantirishni uddaladi. To‘p nazorati 34/66 foiz "Al Ittihod" foydasiga bo‘lishiga qaramay, 100 daqiqa davomida xGda bor yo‘g‘i 0.90 ko‘rsatgich qayd etdi xolos.

34gko3

Yaratilgan vaziyatlar keskinligi va soni borasida mehmonlar yaxshiroq ko‘ringaniga qaramay, ijrochilar klassi va jismoniy tayyorgarlik borasidagi ustunlik ham "Al Ittihod"ni "Navbahor" ustidan g‘alaba qozonishni ta’minlay olgani yo‘q. Namanganliklar to‘liq o‘yin davomida keskinlikni saqlab qolish evaziga "Al Ittihod"ni 100 foiz kuch bilan oldinga o‘tishdan tiyib turdi. "Navbahor"ning imkoniyatini to‘g‘ri baholagan xolda, konservativ tanlagan o‘yin strategiyasi ish berishi mumkin edi, biroq markaziy hujum chizig‘idagi Toma Tabatatze kutilganidek faol bo‘la olmadi.

ijij

Forvard havodagi 6 ta kurashni 3 tasini enggan bo‘lsa, pastdagi kurashda ham 50 foizini yutib berdi xolos. O‘yin davomida naqd 10 bor to‘pni hujumda oldirib qo‘ydi. O‘yin davomida amalga oshirgan paslari aniqligi 60 foizni tashkil etdi.

2f3ji

Men Tomani tanqid qilmoqchi emasman, ammo jamoaning o‘yinga tanlagan strategiyasi 100 foiz ish berishi hujum markazidagi gruziyalik yigitga bog‘liq edi. Uning etarlicha faol bo‘lmagani sababli, orqa chiziqdagi tartibli o‘yin durangdan boshqa natija taqdim etmadi. U jamoaviy pressingda yaxshi ishlagani sababli qisman aybini yuvgandek ko‘rinishi mumkin, ammo "lochinlar"ning bahs davomida zarbaga qadar etib borgan barcha hujumlari chog‘ida to‘pni qabul qilish zonasida paydo bo‘lmadi. 

Jamoaga safiga yangi qo‘shilgan Farruh Sayfiev va Odil Hamrobekovlarni tezda kirishib ketgani ham darrov ko‘zga tashlandi.Odil bir necha marotaba raqibning erta pressingidan to‘pni talofatlarsiz olib chiqib ketishni uddalagan bo‘lsa, Faruh o‘z qanotida raqibga 90 daqiqa bosim o‘tkazishni uddaladi. Shuningdek, Jokichning ortga qaytishi va Boltaboevning qanot himoyasida ko‘rinish berishi borasida qabul qilingan qaror ham o‘zini oqladi. Umuman olganda, “Navbahor” gol urishdan boshqa barcha ishni ajoyib tarzda uddaladi.Shu o‘rinda, stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarning qo‘llab-quvvatlashi ham futbolchilarga impuls berganini alohida ta’kidlash lozim. "Navbahor" to‘p uchun kurashlar chog‘ida ishqibozlar reaktsiyasi raqibga yaxshigina bosim yukladi. Bu ham o‘yin borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.

o2fkog2gkog

E’tiborli tomoni shundaki, raqib bahs davomida "lochinlar" tomonidan qo‘yilgan zich himoyani yorib o‘ta olgani yo‘q. Durang natijada javob o‘yinida ham jang taklif etish uchun yaxshi stimul vazifasini bajarib beradi. Tartibli himoya va ochiq futbol o‘ynashga odatlangan "Al Ittihod" uchun 14 hududda muammolar tug‘dirishi mumkin ekanligini Namangandagi bahs ko‘rsatib berdi. Umid qilamiz-ki, Samvel Babayan birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi, Jiddaga ham alohida reja bilan yo‘l oladi. Raqib taklif etgan bosimga dosh bera olsak,pley-offda jon saqlab qolish imkoniyatimiz mavjud.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
АЛИ
18/02/2024 18:35
Вакт олийХАКАМ АРАБЛАР ОСИЁНИ Номер КЛУБИ НАВБАХОР НОМЕР 50 ПРОСТА НАВБАХОРДА ГУРУР КУЧЛИ БУ УЙИНИ УЗ ФОЙДАМИЗГА КИЛИНГ МУМКИНСАФАРДА 50/50
Эргашев Файзулло
17/02/2024 20:12
Эртакларга ишонмийман
Akbarshox Abdulxayev
18/02/2024 13:50
Dalbayob iching kuyib olsin sani , iching shunday kuyyabdiki ozingni qoygani joy topa olmayapsanmi , San ozi ozbekmisan