"Navbahor" a'zosi klubdan ketishi mumkin!

  • 24.07.2026 14:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Navbahor" vingeri Muhammadali Usmonov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Ma’lumotlarga koʻra, 21 yoshli qanot hujumchisiga Superliganing bir qator klublari qiziqish bildirmoqda va ayni paytda uning oldida bir nechta takliflar mavjud. Kelgusi kunlarda futbolchining kelajagi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Usmonov "Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy yil boshida namanganliklar safiga qoʻshilgan edi.

Ma’lumot uchun, u bu mavsum Oʻzbekiston Superligasida 9 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmani qayd etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!