“Navbahor” bu mavsum Cuperligada qaysi jamoalardan engilmadi?

  • 19 dekabr, 2020, 08:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z yakuniga etgan Coca Cola Superligasi joriy mavsumini "Navbahor" jamoasi 9-o‘rinda tugatdi. Namanganliklar "Superliga–2020"da faqatgina Muborakning "Mash’al" klubidan ochko ololmadi, xolos.

Tecno

Ammo shuni ham ta’kidlash joizki, muborakliklar bilan Namanganda bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan 11-tur bahsi markazlashgan holda o‘tkazilganligi bois, Toshkentdagi "Jar" stadionida bo‘lib o‘tdi va unda "Navbahor" nominal mezbon sifatida maydonga tushgandi.

Aytish lozimki, "lochinlar" yakunlangan mavsumda dastlabki uch o‘rinni egallagan "Paxtakor", "Nasaf" hamda AGMK klublaridan ham ochko olishga muvaffaq bo‘lgan. Umuman olganda, yakunlangan mavsumda Superliganing 7 ta jamoasi “Navbahor”ni enga olmadi.

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, "lochinlar" "Superliga-2020"da "Qizilqum" ustidan ikkita o‘yinda ham g‘alaba qozongan.

Quyida "Navbahor"ning qaysi jamoadan necha ochko olganligi statistikasi bilan tanishasiz.

"Qizilqum" – 6 ochko

"Buxoro" – 4 ochko

"Metallurg" – 4 ochko

"Surxon" – 4 ochko

"Lokomotiv" – 3 ochko

"So‘g‘diyona" – 3 ochko

"Bunyodkor" – 3 ochko

"Andijon" – 2 ochko

"Nasaf" – 2 ochko

AGMK – 2 ochko

"Paxtakor" – 1 ochko

"Qo‘qon-1912" – 1 ochko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!