"Navbahor" Cheran varianti o‘xshamasa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

  • 10.12.2021 14:44
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun "Navbahor" klubi "Paxtakor" hujumchisi Dragan Cheranga qiziqayotgani borasida xabar bergandik. Agar tomonlar kelisha olmasa, namanganliklarda alternativ variant ham bor.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "lochinlar" Cheranni o‘z safiga qo‘shib ololmasa, boshqa hujumchini ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Bu Igor Sergeev.

Qozog‘iston chempionatida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat olib borgan futbolchi jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan yaxshi aloqada. Shu bois bu transferning amalga oshish ehtimoli yo‘q emas. Sergeevning "Tobol" klubi bilan tuzgan shartnomasi shu yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi.

Hozirda "Navbahor" oldida kattagina muammo bor. U ham bo‘lsa Andrey Kanchelskis oldidagi kattagina qarzdorlik. Tomonlar o‘rtasidagi vaziyat hal etilsa, jamoa katta transferlarga qo‘l urishni boshlaydi.

Transfer narxi ko‘tarilgan legionerimiz eng qimmat futbolchilar ramziy terma jamoasiga kirdi (Foto)

"Navbahor"ning hujumdagi asosiy transfer nishoni kim bo‘ladi?

“Navbahor” PFK Andrey Kanchelskis bilan bog‘liq holat bo‘yicha bayonot berdi. Klub sud ishida yutib chiqishi mumkinmi?

photo_164115

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!