"Navbahor" ertaga yangi futbolchilarning taqdimot marosimini o‘tkazadi

  • 26 fevral, 2022, 21:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga - 2022 startiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Xabaringiz bor, “Navbahor” har yili yangi mavsum oldidan taqdimot marosimini o‘tkazadi.

Tecno

Bu yilgi marosim esa ertaga, ya’ni, 27 fevral, yakshanba kuni Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida soat 11:30 da boshlanadi.

Tadbirda jamoamiz tarkibiga yangi qo‘shilgan futbolchilarni tanishtirish, shuningdek, jamoaning bo‘lajak mavsum davomida foydalanadigan futbolkalari taqdimoti o‘tkaziladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!