"Navbahor" futbolchilarida koronavirus aniqlanmadi

  • 13 iyul, 2020, 10:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” futbol klubidagi holatdan kelib chiqib, Coca Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirilgandi. 

Tecno

O‘zbekiston Professional futbol ligasi futbolchilar salomatligi birinchi o‘rinda ekanidan kelib chiqib, Superliganing 8-turida “Bunyodkor” mehmoni bo‘lgan “Navbahor” futbolchilarini ham tekshiruvdan o‘tkazish fikrini ilgari surgandi. Kecha Namangan klubi futbolchilari o‘z bazalarida tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi. 

Bugun — 13 iyul kuni “Navbahor” futbol klubi tibbiy xulosalar biriktirilgan rasmiy xatni O‘zbekiston Professional futbol ligasiga taqdim etdi. Unga ko‘ra, “Navbahor” futbolchilarida infektsiya aniqlanmagan. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shundan kelib chiqib, klubning 9-tur doirasidan o‘rin olgan “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvi o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 13 iyul kuni 20:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!