“Navbahor” futbolchilarining statistikasi

  • 27.12.2020 16:37
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

“Navbahor” klubi matbuot xizmati jamoaning "Superliga – 2020"dagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib bormoqda.

Bu safar futbolchilarning maydonda qancha vaqt harakat qilganliklari borasidagi statistikaga to‘xtalib o‘tildi.

Yakunlangan mavsumda “lochinlar” tarkibida 29 nafar o‘yinchi maydonga tushdi.

Ta’kidlash joizki, ulardan 5 nafari – Sardor Telyakov, Dostonbek Abdulhaev, Mirzohid Mirzamahmudov, Husayn Ergashboev va Sherzod G‘ulomjonov bu yil Superligada o‘z debyutini nishonladi.

2 nafar tajribali futbolchi - darvozabon O‘tkir Yusupov hamda himoyachi Igor Golban eng ko‘p maydonga tushishdi va ular 24 ta o‘yinda to‘liq harakat qildi (2160 daqiqadan).

Yarim himoyachi Azizbek Turg‘unboev garchi 25 ta bahsda maydonga tushgan bo‘lsa-da, u 5 ta uchrashuvda almashtirilgan, bitta o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi hamda 2116 daqiqa to‘p tepgan.

O‘z navbatida ta’kidlash joizki, Turg‘unboev  bitta uchrashuvni aynan diskvalifikatsiya sababli, ya’ni hisobidagi sariq kartochkalari soni 4 ta etganligi bois o‘tkazib yuborgandi.

Himoyachi Mirzohid G‘ofurov esa 22 o‘yyinda maydonga tushib, 1952 daqiqa harakatlandi.

Quyida sizlarni “Navbahor”  futbolchilarining "Superliga – 2020"dagi mavsum statistikasi bilan tanishtiramiz.

T/r

              Futbolchi

     Ampluasi

 O‘yin

Daqiqa

1.

O‘tkir Yusupov

Dar.

24

2160

2.

Igor Golban

Him.

24

2160

3.

Azizbek Turg‘unboev

Yar. him.

25

2116

4.

Mirzohid G‘ofurov

Him.

22

1952

5.

Azimjon Ahmedov

Yar.him.

22

1926

6.

Ivan Solovyov

Yar.him.

22

1676

7.

Xurshidbek Muxtorov

Him.

20

1629

8.

Zabihillo O‘rinboev

Huj.

23

1403

9.

Islom Rashidxonov

Yar.him.

22

1383

10.

Davron Hoshimov

Him.

13

1045

11.

 Ruslan Bolov

Huj.

20

1037

12.

Abbos G‘ulomov

Yar. him.

20

1030

13.

Tohirjon Shamsiddinov

Him.

14

968

14.

Sardor Telyakov

Yar.Him.

13

926

15.

Ehsoni Panshanbe

Yar. him.

11

883

16.

Islombek  Isoqjonov

Yar.him.

17

772

17.

G‘iyosjon Komilov

Him.

10

706

18.

Javlon Ibragimov

Yar. him.

11

505

19.

Obid Jo‘raboev

Him.

5

372

20.

Pavel Golishev

Yar. him.

10

345

21.

Shohruh Mahmudhojiev

Yar.him.

15

344

22.

Dilshod Hamroev

Dar.

2

180

23.

Dostonbek Abdulhaev

Him.

1

65

24.

Amirbek Jo‘raboev

Yar. him.

2

34

25.

Mirzohid Mirzamahmudov

Him.

1

25

26.

Husayn Ergashboev

Huj.

1

22

27.

Akrom Bahritdinov

Yar.him.

1

 8

28.

Sherzod G‘ulomjonov

Yar.him.

1

 8

29.

Abdulhay Ismoilov

Yar.him.

1

 1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!