"Navbahor" futbolchisini Rossiyaning kuchli klublaridan birida ko‘ramizmi?

  • 28 oktabr, 2021, 05:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol agenti Kova Tilavpur rus klublarining tojikistonlik eng zo‘r futbolchilardan biri Exsoni Panshanbega qiziqish bildirayotgani haqida gapirib o‘tdi. U rossiyalik jurnalistlarning unga “Ximki” klubini mijozingiz Exsoni Panshanbega qiziqayotgani haqida mish-mishlar yuribdi, degan savoliga shunday javob qaytardi.

Tecno

"Bunday mish-mishlar asossiz emas, degan bo‘lardim. Exsoniga ko‘plab klublar qiziqyapti. U Tojikistonning eng yaxshi futbolchilaridan biri va mamlakatning eng yaxshi yosh o‘yinchisi. Fikrimcha, u ayni paytda Markaziy Osiyoning eng iqtidorli yarim himoyachisi.

“Ximki”ning so‘rovi yuzasidan menga rossiyalik bir necha agentlar aloqaga chiqdi. Go‘yoki, hammasi yaxshi ketayotgandi. Biroq rossiyalik hamkasblarimning va’dalari va jarangdor bayonotlari soxta bo‘lib chiqdi. “Ximki”dan tashqari “Tambov” klubidan ham taklif olgandik. Biroq muzokaralar jarayonida tomonlar kelishuvga erisha olmadi. Ehtimol, bu yaxshilikkadir.

Hammasidan ham ko‘ra ko‘proq, Panshanbening turk superligasi klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi ehtimolga yaqin edi. Ammo turklar tomonidan taklif qilingan pul Exsonining hozirgi klubi “Navbahor”ni qoniqtirmadi. Umid qilamanki, biz Exsonini baribir Rossiyaning kuchli klublaridan biri safida ko‘ramiz. Uning “Navbahor” bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning oxirida tugaydi".      

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jurnalist Suxrobjon
28/10/2021 21:32
Yaxshi futbolchi, Lekin Markaziy Osiyoning eng iqtidorli markaziy yarim himoyachisi degan fikrga qo'shilmagan bo'lardim