"Navbahor" klubi "Neftchi"ning asosiy futbolchisini qo‘lga kiritdi

  • 11 iyul, 2023, 11:20
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum boshida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasiga kelib qo‘shilgan Toma Tabatadze faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqin.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, farg‘onaliklar etakchisiga aylanib, ko‘plab gollar urayotgan gruziyalik hujumchi "Neftchi"ni tark etgan. U ikkinchi davrani "Navbahor"da boshlashga yaqin. Shu boisdan futbolchi "lochinlar" safiga qo‘shilgan bo‘lish ehtimoli yo‘q emas.

Ma’lumot o‘rnida, Toma Tabatadzening "Neftchi" bilan amaldagi shartnomasi bor edi. Agar u jamoani tark etsa kelishuvga ko‘ra tovon puli to‘lashi belgilangan. Endi u kompensatsiya to‘laydi.

Ma’lumot o‘rnida, PFL rasmiy saytidagi statistikaga e’tibor qaratsak, Toma Tabatadze Superligadagi 13 o‘yinning barchasida maydonga tushgan va jamoadoshlari orasida eng ko‘p daqiqa (1125) harakat qilgan. Shuningdek, gruziyalik hujumchi klub safida eng ko‘p gol urgan futbolchi (6) hamda Superliga to‘purarlar bahsida Xebay va Cherandan so‘ng uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Neftchi"da Toma Tabatadze bilan bog‘liq vaziyat qanday edi? Klub va futbolchi orasida muammo bormi? - Klub rasmiysining izohi

photo_2023-04-13_12-41-47 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
11/07/2023 14:35
Кайси гнида сувни лойкалатди экан-а???
Fanat Navbahor
11/07/2023 14:21
Booos gazini