
"Neftchi"da Toma Tabatadze bilan bog‘liq vaziyat qanday edi? Klub va futbolchi orasida muammo bormi? - Klub rasmiysining izohi
Oxirgi paytlarda "Neftchi"ning yuragiga aylangan Toma Tabatadze klubni tark etdi. Gruziyalik futbolchi jamoaning asosiy raqibi - "Navbahor"ga yo‘l oldi.
Ushbu voqelikka nima sabab bo‘ldi? Yaxshi faoliyat yuritayotgan hujumchi nega birdan jamoasini o‘zgartirishni istab qoldi? Klub va Tabatadze orasida qandaydir muammo bormidi? Bularning barchasiga "Neftchi" matbuot xizmati rahbari Saidafzal Abdullaev klubning emas, balki o‘zining telegramdagi sahifasida ushbu vaziyatga izoh berdi.
"Navbahor" klubi "Neftchi"ning asosiy futbolchisini qo‘lga kiritdi
- Toma Tabatadze bilan bog‘liq vaziyatga izoh beraman, birinchi davrada 13 o‘yinda maydonga chiqib 6 (4) ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan futbolchi bilan jamoamiz o‘rtasida yilning oxirigacha shartnoma mavjud edi, biroq birinchi davra yakunlangach Tabatadze klub rahbariyatiga jamoadan ketishini xoxlashini aytib o‘tdi. Lekin jamoamiz rahbariyati va murabbiylar uni shartnomasiga asosan yil yakuniga qadar klubda qolishga ko‘ndirishga xarakat qilmoqda. Biroq Tomani o‘zi negadir jamoamiz safida to‘p tepishni xoxlamayabdi, vaholanki klub va futbolchi o‘rtasida xam moliyaviy, xam ma’nan muammo umuman yo‘q. Xozirgi kunda futbolchini jamoamiz bilan tuzilgan shartnoma bandida transfer summasi ko‘rsatib o‘tilgan. Agar futbolchi yoki yangi klubi ushbu pullarni to‘lab bersa, futbolchi ikkinchi davrdani boshqa klubda boshlashi mumkin.
Yana takrorlayman, bu erda jamoa futbolchini mavsum so‘ngiga qadar olib qolish uchun xarakat qilmoqda, futbolchigi qolishni istasa klub faqat bu xolatdan mamnun bo‘ladi, agar ketmoqchi bo‘lsa shartnomaga asosan ish tutiladi.
Vaqtida Akmal Xolmatovlar ketgan... Xayot davom etadi, - deya fikr bildirdi klub matbuot xizmati rahbari.
Ma’lumot o‘rnida, PFL rasmiy saytidagi statistikaga e’tibor qaratsak, Toma Tabatadze Superligadagi 13 o‘yinning barchasida maydonga tushgan va jamoadoshlari orasida eng ko‘p daqiqa (1125) harakat qilgan. Shuningdek, gruziyalik hujumchi klub safida eng ko‘p gol urgan futbolchi (6) hamda Superliga to‘purarlar bahsida Xebay va Cherandan so‘ng uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar