"Navbahor" klubi yangi futbolchilarning taqdimot marosimini o‘tkazdi. Ular orasida legionerlar bor

  • 24 fevral, 2020, 12:56
  • Bekzod Isayev
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan Namanganning “Navbahor” jamoasi bugun yangi futbolchilarning taqdimot marosimini o‘tkazdi.
Marosim Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat rahbari, klub mutasaddilari, murabbiylar, jurnalistlar va muxlislar ishtirok etishdi.

Tecno

Taqdimotda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozorov mazkur marosimga tashrif buyurgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va ularni boshlanayotgan yangi mavsum bilan tabrikladi. U so‘zi davomida viloyatda futbolga katta e’tibor qaratilayotganligi, yangi mavsumda "Navbahor"ning oldiga yuksak maqsad qo‘yilayotganligi, bu yil Pro-ligada Namangandan 2 ta jamoa qatnashishini aytib o‘tdi.

Xayrullo Hayitbaevich yangi mavsumda "Navbahor" o‘z tarixidagi 2-chempionlik unvoni hamda O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishiga tilak bildirdi. Hokim jamoa tarkibiga ancha saviyali futbolchilar jalb etilgani, ular bilan jamoa o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga etishini bildirdi. 

Qolaversa, Xayrulla Bozorov "Navbahor" ilk turni "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazishi va poytaxtliklarga munosib raqib bo‘lishini ta’kidladi.

Andrey Kanchelskis o‘z so‘zida yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidan qoniqqanligini bildirib, bo‘lajak mavsumda jamoa o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalag oshirishi uchun barcha imkoniyatini ishga solishini bildirdi.

Futbolchilarga futbolka raqamlari topshirilmoqda.

Himoyachi Xurshid Muxtorovga - 28, yarim Islom Isoqjonov - 11, hujumchi Husayn Ergashboev - 14, yarim himoyachi Javlon Ibrohimov - 8, darvozabon Islom Abdullaxonovga - 13. yarim himoyachi Islom Rashidxonovga - 27, himoyachi Tohir Shamsitdinovga - 33, hujumchi Anvar Hojimirzaev ga - 77, yarim himoyachi Sardor Telyakovga - 18, hujumchi Ruslan Bolovga - 88, hujumchi Zabihillo O‘rinboevga - 95, himoyachi Shahzod Hamidovga - 4-raqamlar topshirildi.

Shuningdek, yarim himoyachi Azimjon Ahmedovga - 7, yarim himoyachi Ivan Solovyovga - 9, himoyachi Komiljon G‘iyosovga - 5, himoyachi Obid Jo‘raboevga - 15, himoyachi Mirzohid G‘ofurovga - 19, himoyachi Igor Golbanga - 22, yarim himoyachi Abbos G‘ulomovga - 70, yarim himoyachi Abdujamol Isroilovga - 30, yarim himoyachi Amirbek Jo‘raboevga - 20, yarim himoyachi Abdulhay Ismoilovga - 17, yarim himoyachi Komil Tojiddinovga - 21- raqamlar topshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
U 7
24/02/2020 16:25
Uyinchini sotib olib 1 yillik shartnoma tuzgan ahmoq faqat Navbahorda bo'lsa kerak. Soqqani zo'rini qilishibdi ammo lekin
&
Ободон
U 7
24/02/2020 17:47
Сан Кимсан санга поххуй эмасми канча муддатга шартнома килишига
&
fc.navbahor
24/02/2020 21:30
Булар навбахори кураолмайдиган ичи тола кумирлар
&
U 7
U 7
06/03/2020 19:01
Isqirt kimsan sensiraysan nas
Абдусамат Жураев
24/02/2020 13:09
Локаев билан Украиналик кани??
&
24/02/2020 14:24
Ular Out boldiku
Абдусамат Жураев
25/02/2020 09:33
БУ ТАРКИБ БИЛАН ОЗГИНА КИЙИН эмасмикин Яна БИТТА ЛИГОНЕР Буш жой копкетибтику ШУНЧА ЛИГОНЕР КЕЛИБ тулдираолмадими КАНЧЕЛЬСКИЙ КАНИ Бомба ТРАНСФЕР?? Ислом Тухтахужаев, Украинилик Максим , уткан йили БАХОНА ТАРКИБ йук УЙИНЧИЛА КАМ деб юрувдинг КАНЧЕЛЬСКИЙ МАНА ИМКОНИЯТ ЭНДИ НИМА БАХОНА киларкинлар
&
ziyod
24/02/2020 20:11
navbahor muhlislari N1 pahtakor bilan o‘yinga barcha namanganliklarni taklif qilamiz
&
fc.navbahor
24/02/2020 16:50
Gazini bos lochinlar bir yilga shartnoma qilsa nima bopti yaxshi oynasa shartnomani uzayteveradida