"Navbahor" "Qizilqum" maydonida durang o‘ynadi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Tecno

Dastlab, Mate Vatsadze mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi taymning o‘zida "lochinlar" Ehsoni Panchshanbening goli evaziga muvozanatni tikladi va ushbu hisob o‘yin yakunigacha o‘zgarmadi. 

Shu tariqa, klublar 1 ochkodan bo‘lishib oldi. "Qizilqum" 6 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ochko to‘pladi va 8-o‘rinda bormoqda. "Navbahor" esa 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ochko to‘pladi. Namanganliklar onlayn jadvalda 10-pog‘onada. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!