
"Navbahor" to‘xtamayapti: navbatdagi transfer - Jamshid Iskanderov!
“Navbahor” to‘xtamayapti. Bu safar yaqinda “Sonnam” klubini tark etgan Jamshid Iskanderov bilan shartnoma tuzdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Navbahor” tarkibi kuchayishda davom etmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilardan yana biri – mahoratli yarim himoyachi Jamshid Iskanderov “Navbahor” klubi bilan shartnoma imzoladi va u ham yangi mavsumda jamoamiz safida to‘p tepadi. Iskanderovga “lochinlar” bilan ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga tilak bildirib qolamiz.
JAMShID ISKANDEROV
Tug‘ilgan sanasi: 1993 yil 16 oktyabr
Tug‘ilgan joyi: Urganch, O‘zbekiston
Ampluasi: yarim himoyachi
Iskanderov faoliyati davomida Samarqandning “Dinamo” (2011; 2 o‘yin), Toshkentning “Paxtakor” (2011-2018; 126 o‘yin, 19 gol), Toshkentning “Lokomotiv” (2019; 26 o‘yin 6 gol) klublarida o‘ynagan. Shuningdek, ma’lum muddat Janubiy Koreyaning “Sonnam” klubida faoliyat yuritdi.
O‘zbekiston U-20 (2013; 5 o‘yin 1 gol), U-23 (2014-2016; 7 o‘yin 1 gol) termalari hamda milliy jamoamiz (2013-h.v.; 23 o‘yin 3 gol) safida o‘ynagan”.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar