
“Navbahor” turnir jadvalidagi holat kabi bu tur muxlislar borasida ham “Buxoro” va “Qo‘qon-1912”ni ortda qoldirdi
Xabaringiz bor, 25 noyabr kuni oliy liga 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tur bahslarining batafsil natijalari bilan saytimiz orqali tanishib olgansiz.
Endi esa SPORTS.uz sayti har doimgidek e’tiboringizga bellashuvlarga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishtirib o‘tadi.
Oliy liga: 30-tur ramziy terma jamoasi (Foto)
30-tur uchrashuvlarida stadionlarimizga jami 22712 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha bir o‘yinga 3244,5 muxlis degani. Eng ko‘p ishqiboz bo‘yicha ko‘rsatgich "Navbahor" – " Nasaf " bahsiga to‘g‘ri keldi - 8618. Bu turning eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan bellashuvi hisoblanadi. Toshkentda “Lokomotiv” chempionlik kubogini qo‘lga kiritadigan uchrashuvni 2063 muxlis shohidi bo‘ldi.
Eng kam muxlis borasidagi statistika “Metallurg” klubiga tegishli. “Metallurg” – “Neftchi” bellashuvini 878 ishqiboz stadiondan kuzatdi xolos.
Quyida ushbu tur tomoshabinlar eng ko‘p kuzatgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
“Navbahor” (Namangan) – “Nasaf” (Qarshi) 1:0. 8618 tomoshabin.
“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Olmaliq” (Olmaliq) 1:2. 5303 tomoshabin
“Buxoro” (Buxoro) – “So‘g‘diyona” (Jizzax) 1:0. 3524 tomoshabin.
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Bunyodkor” (Toshkent) 3:2. 2063 tomoshabin
“Mash’al” (Muborak) – “Dinamo” (Samarqand) 1:0. 1327 tomoshabin.
“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Qizilqum” (Navoiy) 1:1. 999 tomoshabin.
“Metallurg” (Bekobod) – “Neftchi” (Farg‘ona) 1:0. 878 tomoshabin.
Fikrlar