
"Navbahor" va "Bunyodkor" etakchilarini olmoqchi bo‘lgan xorij klubida murabbiy ishdan ketdi
Rossiyaning ikkinchi divizionida kurash olib borayotgan "Rubin" klubi mashhur mutaxassis Leonid Slutskiy bilan shartnoma bekor qilinganini ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, 51 yoshli murabbiyning o‘zi bu qarorga kelgan. U qozonliklar boshqaruvida 2019 yildan beri ishlab kelayotgandi.
"Bugun Leonid Viktorovich klub bazasida jamoa bilan xayrlashdi. Unga bildirilgan ishonch uchun muxlislar, futbolchilar, rahbariyatga minnatdorchilik bildirdi. O‘z navbatida, "Rubin" ham Leonid Viktorovichga klub rivojiga qo‘shgan hissasi uchun rahmat aytadi", deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, aynan qozonliklar "Navbahor" etakchisi Rustam Ashurmatov va "Bunyodkor" vakili Umarali Rahmonalievni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turgandi.
Fikrlar