
"Navbahor" vitse prezidenti yana jazolanadi, "Nasaf" va OKMK talabni umuman bajarmagani uchun chora ko‘riladi va boshqa futbolchilar bir nechta o‘yinga chetlatiladi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Superliga
“Navbahor lochinlari” — “Neftchi”
Superliganing 26-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Neftchi” uchrashuvining 78-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi I.Nesterov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda texnik zonani tark etib, maydonga chiqqanligi hamda tartibsizlik vujudga keltirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ignatiy Nesterovga (Navbahor lochinlari) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Neftchi”
Superliganing 26-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Neftchi” uchrashuvi davomida “Navbahor lochinlari” futbol klubi vitse prezidenti O.Samatov texnik zona hamda maydonga chiqib, provakatsion harakatlar qilgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Otabek Samatovga ("Navbahor lochinlari") nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
OKMK — “Nasaf”
Superliganing 26-turi doirasidagi OKMK — “Nasaf” uchrashuvining 83-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi S.Tursunov raqib o‘yinchisining yuz qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sanjar Tursunovga (OKMK) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliganing 25-turi doirasidagi “Turon” — “Andijon” uchrashuvining 37-daqiqasida “Turon” futbol klubi futbolchisi A.Aysarov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asilbek Aysarovga ("Turon") nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
OKMK — “Turon”
Superliganing 24-turi doirasidagi OKMK — “Turon” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng, “Turon” futbol klubi shifokori A.Sotiboldiev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Adhamjon Sotiboldievga (Turon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Olimpik” — “Navbahor lochinlari”
Superliganing 25-turi doirasidagi “Olimpik” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 90+8-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi L.Chermel to‘p uchun kurashish vaqtida qo‘lining tirsagi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Luka Chermelga (Navbahor lochinlari) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Turon” — “Andijon”
Superliganing 25-turi doirasidagi “Turon” — “Andijon” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Turon” futbol klubining bosh murabbiyi Y.Nazarov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida tasdiqlanmagan, noto‘g‘ri ma’lumotlar bergani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Yorqin Nazarovga (Turon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 10.18-bandida Superliga klubi musobaqada futbolchining funksional holatini masofadan turib manitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanish hamda bu boradagi xisobotni O‘FA uchun taqdim etishi kerakligi belgilangan. Aniqlanishicha, 2023 yilgi Superliga musobaqasida ishtirok etgan “Andijon”, “Navbahor Lochinlari”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Buxoro”, “Neftchi” futbol klublari mazkur moslamani xarid qilgan bo‘lsa-da, belgilangan hisobotni O‘FAga taqdim etmagan. Shuningdek, OKMK va “Nasaf” futbol klublari ushbu moslamani xarid qilmagan va belgilangan talabni umuman bajarmagan. O‘FA Intizom kodeksining 5.22-bandiga asosan reglament talablarini bajarmagani uchun mazkur futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasini qo‘llash belgilandi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Andijon”, “Navbahor Lochinlari”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Buxoro” va “Neftchi” OKMK va “Nasaf” futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga
“Mash’al” — “Sho‘rtan”
Superligaga o‘tish o‘yini doirasidagi “Mash’al” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 71-daqiqasida “Mash’al” futbol klubi futbolchisi S.Sindarov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sobit Sindarovga (Mash’al) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Fikrlar