"Navbahor" yarim himoyachisining "Neftchi"ga transferi barbod bo‘ldi

  • 6 yanvar, 2024, 02:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yovan Jokich katta extimol bilan "Navbahor"da qoladi. Bu haqda "Sports.uz" jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev ma’lum qilmoqda. 

Bolqonlik futbolchining "Neftchi"ga ko‘chib o‘tishi muzokaralarning final qismida amalga oshmay qoldi. Vitaliy Levchenko tayanch zonasiga boshqa (evropalik) legioner o‘yinchi olib kelishni (ro‘yxat tuzilgan) reja qilgan. Turkiyadagi yig‘inlar chog‘ida futbolchi ko‘rikda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Jokich 2022 yil yozgi transferlar oynasida "Nabvahor" tarkibiga kelib qo‘shilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustam Yuldashev
06/01/2024 08:52
Энди Хамробеков Пахтакорда колади,хаммаси Абдулла Буриевни Пахтакорга утмаслиги сабабли