“Navbahor”ga gol urib bergan Benzema o‘rniga undan zo‘rini olib kelishadi

  • 26 fevral, 2024, 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Ittihod” Osiyo chempionlar ligasi pley-offida “Navbahor” bilan kuch sinashib, saudiyaliklarning eng mashhur o‘yinchisi Karim Benzema  o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Yaqinda klub rahbariyati va frantsiyalik yulduz munosabatlari ancha taranglashib qolgandi. Benzemaning klubdagi kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda.

“Al-Ittihod” uning o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ygani aytilmoqda. Saudiyaliklar “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohga og‘iz solmoqda. Bu haqda Football Transfers nashri xabar berdi.

Bundan tashqari, “Al-Ittihod” 33 yoshli Romarinoga javob beradigan bo‘lyapti. Bu futbolchining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Arablar uning o‘rniga “Tottenxem” yulduzi Son Xyon Minni olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!