"Navbahor"ni kimlar tark etdi?

  • 14.12.2020 23:12
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Navbahor” bilan tuzilgan shartnoma muddatlari yakunlanganligi sababli, jamoa safini darvozabon Dilshod Hamroev va rossiyalik hujumchi Ruslan Bolov tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

25 yoshli posbon Dilshod Hamroev “lochinlar” tarkibiga 2018 yilning 2-davrasidan qo‘shilgandi hamda 2018 – 2020 yillar mavsumida Superligada jami 5 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 6 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

26 yoshli hujumchi Ruslan Bolov esa, jamoa tarkibiga shu yilgi mavsumda qo‘shilgan. "Superliga-2020" bahslarida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 1037 daqiqa o‘ynadi va raqiblar darvozasiga 3 ta gol urib, bitta golga assistentlik qildi.

Shuningdek, rossiyalik futbolchi Superliganing bu yilgi mavsumida 2 marta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!