
"Navbahor"ni yana bir muhim o‘yin kutmoqda
Superliga 26-tur doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Qo‘qon-1912” bahsi 27 noyabr kuni Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati Vodiy derbisi oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
“Qo‘qon-1912” hamda “Navbahor” klublari shu kungacha 31 bor kuch sinashishgan. 7 uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. “Lochinlar” 17 o‘yinda g‘alaba qozongan. 7 o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar farqida ustunlik namanganliklar tomonida: 58-33. “Navbahor” o‘zaro to‘qnashuvlarda 58 ochkoga ega bo‘lgan, “Qo‘qon-1912” esa 28 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu jamoalarning so‘nggi besh uchrashuvda qayd etilgan natijalari bilan tanishing:
01.08.2021 Qo‘qon-1912 – Navbahor - 1:2
03.12.2020 Qo‘qon-1912 – Navbahor - 1:1
28.08.2020 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 0:1
01.12.2019 Qo‘qon-1912 – Navbahor - 1:1
10.03.2019 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 1:1
Superliga. 26-tur
27 noyabr, shanba
15:00. "NAVBAHOR" – "QO‘QON-1912"
Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Qudrat Madraimov
Fikrlar