"Navbahor"ning "Metallurg"ga qarshi o‘yini vaqti o‘zgardi
Soca Cola Superliga 9-turi doirasidagi 19 may kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda o‘tkaziladigan “Navbahor” – “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqti muqaddas Ramazon oyida muxlislarga sharoit yaratish maqsadida o‘zgartirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Oldinroq ushbu bahsning soat 17:30da o‘tkazilishi belgilangandi. Endi mazkur o‘yin soat 18:40da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar