"Neftchi" - AGMK bahsi oldidan ustunlik kim tomonida?
Superliganing mazkur turida Farg‘onaning "Neftchi" klubi AGMKni qabul qiladi. Uchrashuvdan oldin "Neftchi" matbuot xizmati prevyuni taqdim edi.
"AGMK futbol klubi 2004 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshida tashkil topgan. 2008 yildan boshlab mamlakatimiz oliy divizionida yurishini boshlagan AGMK jamoasi shu kungacha "Neftchi" klubi bilan milliy chempionatimiz doirasida o‘zaro 24 marta to‘qnash kelgan. Bundan 6 ta bellashuvda AGMK, 12 tasida "Neftchi" ustunlik qilgan. 6 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. Umumiy to‘plar nisbati 29-43 "Neftchi" foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda AGMKning eng yirik g‘alabasi 3:0, "Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 4:0 ko‘rinishida yakunlangan.
Soca Cola Superligasining birinchi davrasida jamoalar o‘zaro 11 tur uchrashuvida Olmaliqda belashishgan, ushbu uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan".
E’tiboringizga jamoalarning oxirgi 5 ta uchrashuvda qayd etgan natijalarini keltirib o‘tamiz.
27.05.2022
AGMK-"Neftchi" - 3:1
31.10.2018
"Neftchi" - AGMK - 1:1
15.09.2018
AGMK - "Neftchi" - 0:1
08.07.2018
AGMK - "Neftchi" - 2:2
05.04.2018
"Neftchi" - AGMK - 1:3
"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Fikrlar