“Neftchi” futbolchisi 10 yilga futboldan chetlatildi, klub esa 100 mln so‘m jarima to‘laydi

  • 09.12.2020 18:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, “Neftchi” va “Turon” klublari o‘rtasidagi Pro liganing 20-tur o‘yinida futbolga xos bo‘lmagan holatlar sodir bo‘ldi.

“Istiqlol” stadionida o‘tgan mazkur bahsning yakunida o‘yin hakamlariga nisbatan qo‘pol va tajovuzkor munosabatda bo‘lib, ularga tan jarohati etkazildi.

O‘FA mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh Ichki ishlar vazirligi, “Neftchi” – “Turon” uchrashuvining tashkiliy ishlariga mas’ul barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvda yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha surishtiruv ishlari olib bordi.

Har bir holat bo‘yicha surishtiruv ishlari yakuniga etgach, barcha kerakli ma’lumotlar, shuningdek, o‘yin qaydnomasi, uchrashuv nazoratchisi va komissarining bildirgilari, ommaviy tartibchizlik aks etgan videomateriallar O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasiga taqdim etildi.

“Neftchi” – “Turon” uchrashuvidan so‘ng vujudga kelgan tartibsizlikni ko‘rib chiqish va aybdorlarga chora ko‘rish masalasi Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishida atroflicha muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, “Neftchi” klubi futbolchisi J.L.To‘raqulov uchrashuv bosh hakami Sh.Nasibullaevga qasddan tan jarohati etkazgani uchun unga nisbatan O‘FA Intizom kodeksining 5.6 va 5.49-bandlariga asosan 10 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlatish intizom chorasi qo‘llandi.

“Neftchi” klubi futbolchilari Sh.B.Abduraimov, S.M.Zokirov va J.Q.Qobulov uchrashuv bosh hakami Sh.Nasibullaevga hujum qilganligi uchun ularning har biri O‘FA Intizom kodeksining 5.48-bandiga asosan 1 yil muddatga futboldan chetlatildi va 15 million so‘mdan jarimaga tortildi.

“Neftchi” klubi futbolchisi D.F.Toshmatov uchrashuv yordamchi hakami D.Saylavovga nisbatan tajavuzkor harakat qilganligi uchun Intizom kodeksining 5.49-bandiga asosan 10 ta rasmiy uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

Uchrashuv yakunlangandan so‘ng muxlislar futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, “Neftchi” futbol klubi mas’ullari jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq etarlicha choralar ko‘rilishini ta’minlamagani uchun “Neftchi” futbol klubiga nisbatan Intizom kodeksining 5.4-bandiga asosan 3 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish va 100 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llandi.

Uchrashuvdan so‘ng stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlar tomonidan futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqarilishi holatini muhokama qilish hamda “Istiqlol” stadioni ma’muriyatiga chora ko‘rish bo‘yicha Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga taqdimnoma yuborildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998915993686
09/12/2020 20:11
Chakki bòlibdida xa mayli UFA jazolagani yaxshi bòlibdi xar xolda FIFA jazolaganda 1 2 yilga transferlarni taqiqlab tashab yana jarimayam tòlardi. Òzini oshini boshqaga yedirmaptida qoyil.
&
FANAT-MYU
09/12/2020 19:27
Soqqali ish bo‘lgani juda yahshi bo‘ldida endi bu pullar bazi bir insonlarni cho‘ntagini qappaytiradigan bo‘libdida o‘zi Hamma ayb PFL da tegishli choralarni qilmagani uchun havsizlikni tayyorgarlikni joyida qilib qo‘ymagani uchun PFL ni jazolash kerak edi. O‘zi karantiq vaqtda sanoqli odaM kirgan shuni ham eplay olmagan Futbolchilar borasida esa kulbni emas Futbolchini o‘zini jazolash kerak. Bu holat Hattoki Yevropada ham uncha muncha uchramaydi bu holat faqat bizda afsus shuncha pullar havoga uchaydigan bo‘ldi