"Neftchi" futbolchisi yangi mavsumni "So‘g‘diyona" safida boshlashga yaqin

  • 22 dekabr, 2024, 12:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zoir Jo‘raboev yangi mavsumni "So‘g‘diyona" safida boshlashga yaqin turibdi. Tojikistonlik futbolchi Jizzax klubi bilan 1 yillik kontrakt imzolaydi. Shu tariqa, yangi mavsumda "bo‘rilar" safida ikkita Tojikiston terma jamoasi a’zosi to‘p suradi.

"Neftchi" legioner limitida joy bo‘shatish uchun harakatni davom ettiradi. Ayni damda O‘zPFL klublarga 7 ta legionerni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bergan. Jo‘raboev ketgach, "yo‘lbarslar"da 7 ta xorijlik futbolchi qolmoqda. 

Yig‘inlar davrida jamoani kuchaytirish uchun yangi transferlar bo‘lishini xisobga olsak, Safarov, balki Nsungusi yoki ikkisi ham jamoadan ketishi mumkin. Fargonaliklar yig‘inda Transfermarkt portalila narxi 1.2 million evroga teng futbolchini ko‘rikdan o‘tkazishni reja qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!