"Neftchi" sobiq legionerining arizasini FIFA rad etdi

  • 29 aprel, 2024, 14:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi” tarkibida o‘tgan ikki mavsum davomida harakat qilgan ukrainalik legioner Oleksey Larin 2023 yilgi mavsum uchun qarzdorlik yuzasidan ayrim hujjatlarni vaj qilgan holda “Neftchi” futbol klubi ustidan FIFAga arz qildi, vaholanki klub futbolchi oldidagi bir oylik ish haqi va 3 ta uchrashuv uchun mukofot pulidan qolgan qarzdorlikni bartaraf qilgan edi. Shunga qaramasdan, futbolchi klubdan qo‘shimcha to‘lov undirish yuzasidan FIFAga murojaat yo‘llagan.

Tecno

O‘z navbatida, joriy yilning 26 aprel kuni FIFA tomonidan O‘FU va klub huquqshunoslari tomonidan bildirilgan vajlar o‘rganib chiqilib, O‘FU va Oleksey Larinning vajlari asossiz ekanligi sababli murojaatni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, “Neftchi” futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar sababli ayrim futbolchilar oldida qarzdorliklar mavjudligini tan oladi va tez orada ushbu qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilishini ta’minlashini ma’lum qiladi, - deya xabar bermoqda “Neftchi” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!