"Neftchi" Superliga o‘tish o‘yinida qatnashmasligi mumkinmi?
Biroz avval, PFL matbuot xizmati bugun bo‘lib o‘tgan Superliga bahslari bo‘yicha oxirgi tur qaydnomalarini saytga joylashtirdi.
Unda "Andijon" o‘tish o‘yinida ishtirok etadi" sarlavha ostidagi xabarda jamoa kim bilan o‘ynashi yozilmagan.

Reglamentga ko‘ra, "burgutlar" Superligada 13-o‘rinni egallagani bois Pro ligada 2-pog‘onani band etgan "Neftchi" bilan bellashishi kerak. Ammo "Neftchi"ning ayrim futbolchilari va muxlislari Pro liga oxirgi turida "Turon"ga qarshi bahsdan so‘ng keltirib chiqargan janjal uchun jazolanishi kutilmoqda. Balki shuning uchun PFL Superliga o‘tish o‘yinida "Andijon" kim bilan o‘ynashini yozmagandir. Bu ko‘pchilikda turli fikrlar uyg‘otadi. Ya’ni farg‘onaliklar o‘sha voqelik sabab bo‘lajak uchrashuvga qo‘yilmasligi mumkin va hokazo.
Voqealar rivojini kuzatamiz va PFL nega "Andijon"ning ma’lum raqibi "Neftchi" ekanini yozmaganini bilib olamiz.

Fikrlar
P.S. Бу иловада кетган матнни тугрилаш имкони йук экан?!
Маглубиятни тан олиш хам мардлик. Буни качон урганасизлар?
Иж. тармоқларда айланаётган видеороликлар, турли хил кунсари авж олаётган гап сўзлар шундан далолат бермоқда.
Кейнги сезонга майдон факат жангу жадал
Бечора хакамлар яна калтакланади.
Ана ушанда бу бошка клубларга хам сабок болади.