
"Neftchi" yig‘inga kirishdi. Tarkibda yangi nomlar bor!
Bugun "Neftchi" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Toshkentdagi birinchi kun yig‘inida Vitaliy Levchenko shogirdlari nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan "yo‘lbarslar"ning birinchi bosqich mashg‘ulotlariga o‘tgan mavsumda harakat qilgan futbolchilar va o‘rinbosarlar jamoasining a’zolari jalb etilgan.
Shuningdek, klub bilan shartnoma imzolagan "Navbahor" sobiq vakili Nurillo To‘xtasinov, o‘tgan mavsum ijara asosida "Buxoro" tarkibida to‘p tepgan Xumoyun Sherbo‘taev hamda Chig‘atoy futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi darvozaboni Asror Kenjaevlar ham jamoa safida mashg‘ulot olib bordi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari doirasida farg‘onaliklar o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham qatnashadi.
Manba: "Neftchi" PFK matbuot hizmati.
Fikrlar