"Neftchi" yig‘inida legioner hujumchi ishtirok etmoqda

  • 8 yanvar, 2023, 08:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik.

Farg‘onaliklar mashg‘ulotlariga qozog‘istonlik Roman Murtazaev kelib qo‘shildi. Futbolchi 1993 yilda tug‘ilgan bo‘lib, ampulasi hujumchi hisoblanadi. 2011 yildan buyon Qozog‘istonning turli yoshdagi terma jamoalari tarkibiga muntazam ravishda chaqirilib kelmoqda.

Futbolchining so‘nggi klubi Qozog‘iston Premer ligasi vakili Qaragandaning "Shaxtyor" klubi hisoblanadi. Uning harakatlari murabbiylarga ma’qul kelsa, klubda qolish ehtimoli mavjud.

"Neftchi" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!