"Neftchi"ga qarshi uchrshuvda "Dinamo" muxlislar uchun 9 ta tekin avtobus qo‘yiladi

  • 7 mart, 2024, 22:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" jamoasi Superliga 2-turi doirasida Jizzaxda Farg‘onaning "Neftchi" klubini qabul qiladi.

"10 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan markaziy o‘yinda "Dinamo"ga "12 o‘yinchi" bo‘lmish muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi juda muhim.

Shu bois, jonkuyar muxlislarning Jizzaxdagi o‘yinga tashkiliy tarzda borib-kelishi uchun "Dinamo" fan-klubi tomonidan 9ta katta zamonaviy avtobus qo‘yilgan. Bu avtobuslarda muxlislarning fan-klub hamrohligida borib-kelishi bepul bo‘ladi", - deya xabar berdi "ko‘hna shaharliklar" matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, "Dinamo"ning uy stadioni ayni paytda ta’mirlanayotgani sabab jamoa o‘z uy o‘yinlarini Jizzaxda o‘tkazmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!