"Neftchi"ning nazorat o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan "Neftchi" jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvlari muddati va ishtirokchisini aniqlab oldi.
3 fevraldan 22 fevralgacha Vitaliy Levchenko shogirdlari oltita nazorat o‘yinlari o‘tkazadilar.
3 fevral kuni Rossiya Premer-liga vakili "Axmat" jamoasi
7 fevral kuni Qozog‘istonning "Jetisu" klubi
11 fevral kuni Gruziyaning "Kolxeti" Poti jamoasi
15 fevral kuni Rossiya Premer-liga vakili "Sochi" futbol klubi
22 fevral kuni esa "Neftchi" jamoasi ikkita nazorat bahsida qatnashadi:
Qozog‘istonning "Atirau" hamda Rossiya birinchi divizioni vakili "Tyumen" jamoalari bilan kuch sinashadi.
"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar