"Nega Messiga e’tiroz bildirilayotganiga tushunmayapman. Leo sovrinni o‘ziga-o‘zi bermadi-ku!"
Polsha terma jamoasi va "Yuventus" sobiq futbolchisi Zbignev Bonek Lionel Messiga topshirilgan "Oltin to‘p" haqida gapirdi.
"Nima uchun Messiga bunchalik e’tiroz bildirilayotganiga tushunmayapman. Bu sovrinni Leo o‘ziga-o‘zi bermadi-ku.
Sovrin egasini aniqlovchi formula noto‘g‘ri ishlamoqda, uni o‘zgartirish kerak. Bu "France Football"ning muammosi",-dedi Bonek.
Ma’lumot uchun, argentinalik futbolchi faoliyati davomida 7-bor "Oltin to‘p" egasiga aylandi. Ikkinchi pog‘onani Zbignevning hamyurti Robert Levandovski qo‘lga kiritgan bo‘lsa, italiyaliy Jorjino kuchli uchlikka yakun yasadi.



Fikrlar