
Nemis klublari 7 yil oldingi natijani takrorladi
Evropa Ligasida to‘p surayotgan "Bayer" va "Xoffenxaym" klublari turnirning 1/16 final bosqichi yurishini to‘xtatishdi.
"Bayer" "Yang Boyz" klubiga ikkala o‘yinda ham (3:4, 0:2) mag‘lub bo‘ldi, "Xoffenxaym" esa "Molde"ni (3:3, 0:2) navbatdagi bosqichga kuzatib qo‘ydi.
Shunday qilib Bundesliga klublari turnir tarixida 2013/14 mavsumdan so‘ng ikkinchi bor 1/8 final bosqichida ishtirok etmaydi.
O‘shanda, "Volfsburg" pley-off bosqichida AEKga mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar