Nemislar Angliya grandlari so‘rayotgan futbolchini bermayapti

  • 26.01.2026 18:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining uch grandi – “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Tottenxem” Bundesligada Dortmundning “Borussiya” klubi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi  Feliks Nmechaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu haqida Caught Offside xabar qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, nemis klubi 25 yoshli futbolchini uzoq muddatli loyihaning bir qismi, deb biladi va uni Angliyaga qo‘yib yuborishni istamayapti.

Dortmundliklar agar o‘yinchini ushlab qolishni uddalay olmasa, bu transferdan imkon qadar ko‘proq foyda olishga urinib ko‘rishi aytilmoqda. Shu sababli “Borussiya” Nmechani transferi bo‘yicha 60–65 million evrodan kam mablag‘ ko‘rsatilgan takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

Nmechaning qishki transfer oynasida Dortmunddan ketishi ehtimoli pastligi va transfer yozda amalga oshirilishi ta’kidlanmoqda.

Joriy mavsumda Nmecha barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda qatnashib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, bozor qiymati 45 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!