Nemislar PSJ futbolchisi bo‘yicha muzokara boshladi

  • 16.07.2026 13:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Borussiya» (Dortmund) klubi Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi PSJning yosh vingeri Ibraima Mbayeni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, dortmundliklar allaqachon Parij klubi rahbariyati bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilishni boshlagan. Iqtidorli 18 yoshli futbolchiga Angliya premyer-ligasi jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Ibraima Mbayening bozor qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yildan so‘ng yakunlanadi. 

Yosh senegallik hujumchi PSJning asosiy tarkibida turli musobaqalar doirasida jami 42 o‘yin o‘tkazgan, shu vaqt mobaynida 4 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!