"Milan" va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kafu PSJ hujumchisi Neymar borasida fikr bildirdi.
"Uning texnik imkoniyatlari Messi va Ronaldunikidan yaxshiroq. Biroq u etakchilik mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, fidoyi futbolchi bo‘lishi kerak.
Men Neymardan yaxshi emasman, lekin boshqa o‘ng qanot himoyachilaridan kuchliroqman. Sababi, o‘zimni futbolga bag‘ishlaganman. Neymar sardorga aylanishi kerak", - dedi Kafu.
Eslatib o‘tamiz, Kafu Braziliya terma jamoasi safida 142 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar