Neymar mashhur yulduzning o‘g‘liga qo‘l ko‘tardi

  • 04.05.2026 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik mashhur futbolchi Neymar  “Santos” mashg‘ulotlaridan birida mojaro markazida qoldi, deb xabar beradi Globo nashri.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 34 yoshli hujumchi mashg‘ulot vaqtida Braziliya futboli yulduzi Robinyoning 18 yoshli o‘g‘lini chalib yiqitdi. Shundan so‘ng ular o‘rtasida og‘zaki tortishuv yuz berdi.

Neymar yosh futbolchi uni aldab o‘tib ketgani va “sekinroq o‘yna” degan iltimosini inobatga olmaganidan keyin o‘zini hurmatsizlikka uchragan deb hisoblab, g‘azabi qo‘zg‘igan.

Shundan keyin ular o‘rtasida janjal yuz berib, Neymar yarim himoyachini turtib yubordi va hatto yuziga urdi. Keyinchalik Neymar bazaga qaytib, yosh futbolchi bilan gaplashdi va o‘zining hayajonli reaksiyasi uchun uzr so‘radi. Qayd etilishicha, mojaro bartaraf etilgan.

“Santos” klubi mutasaddilari va kichik Robinyoning agenti vaziyat bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi. Neymar atrofidagilar esa bu holatdan “xabardor emasliklarini” bildirishdi.

“Santos” 6 may kuni Janubiy Amerika kubogi guruh bosqichida Paragvayning “Rekoleta” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!