Neymar pulni tanlaydimi yoki sovrinlarni?

 

“Barselona” jamoasi himoyachisi Jerar Pike klubdoshi Neymarning PSJga o‘tib ketishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.   

“Barchasi neymarning nimani xohlayotganiga bog‘liq. U har qanday jamoada o‘ynay oladi. PSJ, “Barselona”, “Chelsi” yoki “Manchester Siti” – unga ochig‘i farqi yo‘q.

Albatta, Neymar kabi futbolchini hamma klublar o‘z safida ko‘rishni istaydi. Ammo qarorni uning o‘zi qabul qiladi. Barchasi bir narsaga – u ko‘proq pulmi yoki ko‘proq sovrin tanlashiga bog‘liq”, – dedi ispaniyalik himoyachi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!