Neymar “Santos”ning mashg‘ulotlariga qatnashmasdan, klub bazasiga suratga tushish va qahva ichish uchun kelgan
«Santos» forvardi Neymar jamoadoshlari bilan kelib chiqqan mojarodan so‘ng klub rahbariyatidan ruxsat olmasdan mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 34 yoshli hujumchi 21 yoshli Gabriyel Bontemponi haqoratli so‘z bilan so‘kkan, shuningdek, 19 yoshli Joao Ananyas bilan ham kiyinish xonasida tortishib qolgan. Bu holat «Shapekoense»ga qarshi Braziliya Seriya A musobaqasining 20-turidagi 2:2 hisobidagi o‘yindan so‘ng sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Neymar esa keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi xabarlarni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, u jamoadoshlari bilan odatiy suhbat o‘tkazgan, xolos: «Bu butun jamoa bilan bo‘lgan muloqot edi. Noxolis va yolg‘on ma’lumot tarqatayotganlar voqeadan umuman bexabar», – deya javob qaytargan hujumchi.
O Globo nashrining yozishicha, o‘yindan bir kun o‘tib Neymar «Santos» bazasiga kelgan, bir necha muxlislar bilan suratga tushgan va qahva ichgan. Shundan so‘ng u bazani tark etgan va asosiy tarkib futbolchilari uchun mo‘ljallangan tiklanish mashg‘ulotida ishtirok etmagan. Manbalarga ko‘ra, bu qaror murabbiylar shtabi rejasida ko‘zda tutilmagan.
Shuningdek, xabar qilinishicha, «Santos» klubi direktorlar kengashi a’zolari ham bazaga kelib, kiyinish xonasidagi mojaroga oy dinlik kiritishga urin gan.

Fikrlar