Neymar uchun PSJ "Barsa"dan 250 mln evro talab qilmoqda

  • 13 avgust, 2019, 19:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi forvardi Neymarni "Barselona" klubiga 250 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor.

Tecno

Frantsiyaliklar Neymarni "Barsa"dan boshqa har qanday klubga sotishga tayyor ekanliklarini bildirishgan edi. Ammo braziliyalik futbolchiga xaridor topish qiyin bo‘lgani uchun "ko‘k-anorranglilar" bilan muzokaraga kirishishga qaror qilishgan.

Neymar transferi uchun Kataloniya klubi biror-bir futbolchini qo‘shib berishni istasa, PSJni faqatgina bitta futbolchi qiziqtiradi. Parijlikar bosh murabbiyi Filippe Koutinoni jamoada ko‘rishni istaydi.

"Barselona" hozir transferni amalga oshirish uchun faqatgina bir futbolchiga ma’lum miqdorni qo‘shib berishi mumkin. Ammo PSJning talab qilgan summasiga e’tibor bersak, ushbu transfer amalga oshish imkoniyat past darajada.

Manba: Marca

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!