Neymar yangi jamoaga o‘tganini rasman e’lon qildi

  • 31 yanvar, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bilan hamkorlik shartnomasini bekor qilgan Neymar faoliyatini Braziliyada davom ettirishga qaror qildi.

Tecno

Mashhur futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Santos” bilan rasmiy shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

- Og‘aynilar, o‘zimni huddi o‘tmishga qaytgandek his qilyapman. Bu erda men oilam va do‘stlarim bilan uchrashdim, - deb yozdi 32 yoshli futbolchi.

Neymar “Santos” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoaning asosiy tarkibida 2009-2013 yillarda to‘p tepgan. Bu vaqt mobaynida barcha turnirlarda 225 marta maydonga tushib, 136 ta gol va 64 ta assist muallifi bo‘lgan.

Keyinchalik “Barselona”, “Pari Sen-Jermen” va “Al-Hilol”da to‘p tepdi.

Neymar klublar miqyosida jami 591 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 360 ta gol va 220 ta golli pas yozdirib qo‘ygan. Braziliya terma jamoasida esa, 128 ta o‘yinda 79 ta gol urgan holda futbol qiroli Peleni ortda qoldirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!