
Neymarga qaysi jamoaga o‘tishni aytishdi
“Arsenal” jamoasining sobiq futbolchisi Jilberto Silva PSJ hujumchisi Neymarga faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha maslahat berdi.
- Keyingi paytda Neymarning Parijdagi hayoti juda g‘alati o‘tyapti. Fanatlar Neymarning uyiga kelib, unga e’tirozlarini bildirib, to‘g‘ri qilyapti, deb bo‘lmaydi.
Men Neymarni “Arsenal” tarkibida ko‘rmoqchiman. U futbolchi sifatida menga juda yoqadi, - dedi Jilberto Silva.
PSJ ayni paytda jarohatini davolatish bilan band bo‘lgan Neymarni yozda sotib yubormoqchi. Braziliyalik yulduz bungacha bir necha marotaba Parijdan ketishga qarshilik qilgan. Biroq, PSJ muxlislari uning uyiga borib, norozilik namoyishini o‘tkazganidan keyin 31 yoshli futbolchi o‘ziga boshqa jamoa topishga moyil bo‘lib turibdi.
Fikrlar