Neymarning holati haqida xabar berildi

  • 22.02.2023 14:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Neymar qayta ko‘rikdan o‘tkazildi. Futbolchi "Lill"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. 

Parij klubi futbolchisining to‘pig‘i cho‘zilib ketgan. Shuningdek, ligamentlari shikastlangani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik kelgusi haftada qayta tekshiruvdan o‘tadi. 

Qayd etish lozim, Neymar Evropa Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi javob o‘yinini (1:2) o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lib ulgurdi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!